SOLOMONOVA Tamara Yevgenyevna

SOLOMONOVA Tamara Yevgenyevna (1927.9.7, Toshkent) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977), prof. (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1952). R. Glier nomidagi musiqa maktabi (1952—56), Hamza nomidagi musiqa bilim yurti (1955—63), Toshkent konservatoriyasi (1963-y. dan)da pedagog, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1973—89), kafedra mudiri (1989—98). Ilmiy faoliyati oʻzbek anʼanaviy musiqasining ritm masalalariga bagʻishlangan, 20-a. Oʻzbekiston musiqa tarixiga bagʻishlangan ilmiy, ilmiyuslubiy va Markaziy Osiyo musiqasiga doir ommabop darslik va toʻplamlar tuzuvchisi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x