SOLIHOV Enmark Shokirovich

SOLIHOV Enmark Shokirovich (1934.12.9, Samarqand) — kompozitor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1963). Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi estrada-simfonik orkestrida (1964—65) va «Oʻzbekkonsert» (1973— 76)da badiiy rahbar. Oʻzbekiston konservatoriyasida pedagog (1968—73), dotsent (1996-y. dan) va estrada ijrochiligi kafedrasi mudiri (1996—98), Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1975— 82), Oʻzbekiston musiqa jamiyati tashkilotchisi va raisi (1987 —91). Ijodida ommabop musiqa janrlariga alohida ahamiyat bergan. «Qiz bola», «Qaydasan», «Sogʻindi jon», «Bahor ohanglari», «Sevgi bahori» kabi estrada qoʻshiklari, «Xoʻja Nasriddin» operettasi, «Oygul parining sovgʻalari», «Moʻjizali doira» myuzikllari, «Qalbingda quyosh», «Nomerga 100 satr», «Margʻiyona», «Yana oʻsha Nasriddin» va b. badiiy va hujjatli filmlarga musiqalar yozgan. Shuningdek, «Otashin qoʻshiq» baleti, simfonik konsert va kamer asarlar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x