SOHIL — 1) quruklikning suv havzasi (dengiz, koʻl, dare va b.) qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan va ularga nishab boʻlgan qismi, relyefi hoz. zamon va kad. relyef shakllariga mos boʻladi. Sohil 3 zona:
1) dengizboʻyi — dengiz terrasalari zonasi,
2) hoz. zamon qirgʻoq shakllari rivojlanayotgan qirgʻoq zonasi,
3) suv bosgan qad. qirgʻoq shakliga ega sohilboʻyi zonasidan iborat (yana q. Qirgʻoq);
2) Sahroi Kabir janubida choʻllar bilan fasliy nam oʻrmonlar oʻrtasida joylashgan savanna zonasi.