Soch gullashiga qarshi niqob. 500 gr. qichitqi o’tning ustidan yarim litr qaynab turgan suvni quyasiz. Sovutib dokadan o’tkazib olasiz. Damlamani toza sochlar ildiziga surtib, yarim soatdan so’ng yuvib tashlaysiz. Bu niqob soch ildizini mustahkamlaydi va sochning to’kilishiga yo’l qo’ymaydi. Muolajani haftada bir marta qaytarish kerak.
Qazg’oqqa qarshi. Bir osh qoshiq oqqayin bargining (dorixonalarda mavjud) ustidan yarim litr qaynab turgan suv quyiladi. 2 soatdan so’ng dokadan o’tkazib olinadi. Bu damlamani har safar boshingizni yuvganizdan so’ng soch ildiziga yaxshilab surtasiz. Ushbu niqob qazg’oqqa barham berish bilan bir qatorda, sochlarning qalin va serjilo bo’lishini ta’minlaydi.
Issiq kunda sochlar parvarishi. Sochlaringizni issiq quyosh nuridan asrang. Boshingizga albatta doka ro’mol yoki sharf tashlab oling. Yozda sochlarni ikki kunda bir marta yuvish tavsiya qilinadi. Quyosh nurlari ostida ko’p yursangiz, 50 gr. xinani 0,5 litr qatiq bilan aralashtiring va 15 daqiqaga choynak ustiga qo’ying. Olovdan olib, ikki ampula B6 vitaminini (dorixonalarda mavjud) qo’shib yuboring. Sochizgizga surtib, ustidan polietilen qalpoqcha kiying. Yarim soatdan keyin yuving. Muolajani xaftada bir matra takrorlab turing.
Yorqin jilo tarataylik. Yarim litr kefir, bir choy qoshiq asal, bir choy qoshiq o’simlik yog’ini aralashtirib sochlarga surting. So’ng polietilen qalpoqcha kiyib sochiq bilan o’rab qo’ying. Yarim soatdan keyin sochlaringizni iliq suvda yuvib tashlang. Ushbu niqobni bir haftada bir marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Sochimga hammaning havasi keladi. Oq piyozni qirg’ichdan chiqarib, sochingizga 1 soatga surtib qo’ying. 0,5 litr suvni 0,5 litr olma sirkasi bilan aralashtiring. Sochingizga 1 soatga surtib qo’yilgan piyozli massani iliq suvda yuvgach, olma sirkali suyuqlik bilan chaying. Shundan so’ng 5 minut kutib turingda shampun bilan yaxshilab yuving. Ushbu niqob sochlarni mustahkamlab qolmay, ularga mayinlik va jilo baxsh etadi.
loading…