SEMINOLLAR

SEMINOLLAR (oʻzlarini simanole deb atashadi) — AQSHning Oklaxoma va Florida shtatlarida yashovchi muskoglar guruhiga mansub indeys xalqi. 4 ming kishidan ortiq (1990y. lar oʻrtalari). Xokasiu oilasiga mansub muskogi va xitchiti tilida soʻzlashadi. 18-a. ning 2-yarmida Floridaning shim. ga koʻchib kelgan indeyskriklar yevropaliklardan Seminollar nomini olganlar. 19-a. boshida kriklarning 2toʻlqini kelishi bilan Seminollarning soni 4 ming dan 6 mingga yetgan. 1812 va 1817—18 y. larda AQSH ga qarshi urushganlar (1Seminol urushi). Natijada Seminollar katta hududlaridan ajralib, Floridaning jan. va sharqiga koʻchishgan. AQSH tomonidan Seminollarni Shim. ga Arkanzasga koʻchirishga qaratilgan siyosat 2Seminol urushini (1835—42) keltirib chiqargan. Urushdan soʻng Seminollarning katta qismi indeyslar hududiga (hoz. Oklaxoma shtati) koʻchirilgan, bir qismi Floridaning jan. sharqidagi Evergleyds botqoqliklariga yashiringan. 1870-y. larning oxiridan Floridaning barcha indeys aholisi Seminollar deb ataladi. Seminollarda anʼanaviy eʼtiqodlar — ajdodlar ruhi, oʻtga topinish (har bir qishloqda muqaddas gulxan yonib turadi) saqlangan. 1950y. larning boshidan xristianlik keng tarqala boshlagan. Seminollar dehqonchilik, ovchilik, balik, ovlash, milliy hunarmandchilik va kulollik bilan shugʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x