Sochlar sekn o’sishi sababi

Odatda sog’lom sochlar bir oyda 1,5 — 2 sm. ga o’sadi. Lekin, bu jarayonni sekinlashishiga turli sabablar mavjud.

Birinchi sababi. Organizmda vitaminlar tanqisligidir. Shuning uchun ovqatlanish rejangizga yong’oq, soya, pishloq, tvorog, mevalar, sabzavotlar hamda dukkakli o’simliklarni qo’shing.
Ikkinchi sababi. Soch piyozining zararlanishidir. Shuningdek noto’g’ri parvarish, sochlarni bo’yash, qattiq tarash, pala partish yuvish hamda fenda quritish ham sochlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Qanday qilib uzun soch o’stirsa bo’ladi? Buning uchun quyidagi niqoblardan foydalaning. 

Teng miqdorda aloe sharbati, asal, tuxum sarig’i va konyak bir-biri bilan aralashtiriladi. Aralashmani yuvilgan nam sochga surtiladi. Surtish ildizidan uchiga tomon olib boriladi. Niqob sochning butun uzunligi bo’ylab tegishi lozim. Ana undan so’ng sochingizni tselofan bilan o’raysizda, ustidan sochiq o’raysiz. Bir soatdan keyin boshingizni iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Bunday niqobni haftada bir marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Bir osh qoshiq qalampir damlamasini (dorixonada mavjud) bir osh qoshiq ilitilgan kastor moyi va bir osh qoshiq kosmetik balzam bilan aralashtirasiz. Keyin bu aralashmani paxta tampon yordamida sochning ildiziga extiyotkorlik bilan surtasiz. Aralashma ko’zga tegmasligi kerak. 1 soatdan so’ng yaxshilab yuvib tashlaysiz. Bunday niqob bosh terisiga qon kelishini kuchaytiradi va soch ildizlarini ozuqa bilan to’yintiradi. Uni haftasiga ko’pi bilan 2 marta takrorlash mumkin.
Bir dona tuxum, ikki osh qoshiq kastor moyi, 1 choy qoshiq glitserin va bir choy qoshiq sirkani qo’shib yaxshilab aralashtiring. Sochlarga surtib, ustidan tselofan va sochiq yordamida o’raysiz. 40 daqiqadan so’ng iliq suvda shampun bilan yaxshillab yuvib tashlaysiz.
Sochlarni qadimiy usulda parvarish qilish, ya’ni muntazam qatiq yoki zardob bilan yuvish yoki ezilgan piyoz yoxud sarimsoqni sochga surtish va yarim soatdan so’ng yuvib tashlash mumkin.
Qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz hamda asalning aralashmasidan tayyorlangan qorishma. Asal niqobning to’rtdan bir qismini tashkil qiladi. Uni sochning ildizlariga surib 40 daqiqadan so’ng yuvib tashlash kerak.
2 stakan pivoni 2 dona tuxumning sarig’i bilan aralashtiring va soch ildizlariga surting. Ustidan tselofan hamda sochiq bilan 1 soatga o’rab qo’ying. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang va xona haroratida quriting. Bu niqob ancha samarali bo’lib, natijasini siz bir necha muolajadayoq sezasiz. Sochingiz sezilarli darajada tez o’sibgina qolmay uning tabiiy jilosi hamda kuchi tiklanadi. 

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x