DO`STLARGA ULASHING:
Soch to‘kilishiga sabab – infeksiya
Bilasiz, homiladorlik va tug‘uruqdan so‘ng sochlar siyraklashadi. Shuningdek, qattiq asabiylashish natijasida ham soch to‘kilishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi kasalliklar tufayli soch to‘kiladi. Bular:
– qandli diabet;
– gipoterioz;
– anemiya;
– avitaminoz;
– immunitet tanqisligi;
– zamburug‘lar;
– yiringli invaziya;
– jigar va o‘t pufagi kasalliklari.
Boshning ma’lum qismidagina soch to‘kilishi gormonal o‘zgarishlardan dalolatdir. Masalan, chakka va peshonada soch kamayishi erkaklik gormoni ortib ketganiga ishora sanaladi.
Chorasi: Endokrinolog va Trixolog ko‘rigidan o‘ting. Vaqtinchalikmurakkab soch turmaklaridan voz keching. Tinchlantiruvchi giyohlar damlamasi va vitaminlar qabul qilish mumkin.