SOʻZOQ SVITASI

SOʻZOQ SVITASI (Fargʻona vodiysidagi Soʻzoq qishlogʻi nomidan) — eotsen davriga mansub mahalliy yotqiziklar majmui. 1937-y. da ajratilgan. Oʻrta Osiyo jan. (Toshkent atrofi, Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, AfgʻonistonTojikiston depressiyalari)da keng tarqalgan regional svita. Yashil rangli gil, mergel, ayrim joylarda qizgʻish qumtosh, gips va dolomitlar qatlamchalaridan tarkib topgan. Qalinligi 10—90 m. Bu svitada erta eotsen davriga oid hayvon qoldiqlari mavjud. Seda sanoat mikiyosidagi neft Fargʻona botigʻida ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x