SOʻX TUMANI

SOʻX TUMANIFargʻona viloyatidagi tuman. 1942-y. iyulda tashkil etilgan. 1959-y. 7-martda Rishton tumaniga qoʻshib yuborildi. 1990-y. 27 fev. da qaytadan tuzilgan. Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Mayd. 0,22 ming km2. Axoliyey 51569 kishi (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yigʻini (Oxunboboyev, Ravon, Soʻx, Xushyor) bor. Markazi — Ravon qishlogʻi.

Tabiati. Tuman hududi Fargʻona viloyati jan. da, Soʻx daryosi vodiysida joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, shagʻal bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 6,7°, eng past tra —27°, iyulning oʻrtacha t-rasi 23,6°, eng yuqori tra 42°. Yillik yogʻin 180 mm. Tuproklari boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi hayvonlardan tulki, parrandalardan kaklik, bedana, zogʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, sassiqpopishak, qaldirgʻoch; kemiruvchilardan kalamush va b. uchraydi. Suvlarda har xil balikdar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbek va tojiklar, shuningdek, qirgʻiz, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 255 kishi. Agʻolining barchasi qishloqda yashaydi.

Xoʻjaligi. Tuman asosan qishloq xoʻjaligi. ga ixtisoslashgan. Kichikrok, korxonalar jumladan, 50 xususiy korxona hamda shirkat, dehqonfermer xoʻjaliklari faoliyat kursatadi. Q. x. da foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urugʻlik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan.

Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 1 kasbhunar kolleji, 3 litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Tuman hududida dam olish va xushmanzara joylar mavjud. Tuman markazida St. telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. Soʻx tumani Oʻzbekistonning qad. tarixiy maskanlaridan hisoblanadi. Sux havzasida joylashgan Selungur gʻorilan paleolit davriga mansub ashyolar topilgan. Soʻx tumani Sux—Haydarkon qad. konchilik hududini ham tashkil qiladi. 11-a. dan Buyuk ipak yulining jan. tarmogʻi Soʻx tumanidan utgan 1890y. larda Sux qishlogʻi hududidan ilon shakli burttirib tushirilgan tosh tumor topilgan. Uning ustki qismida ravoqsimon ushlagich bor, quyi qismi toʻrtburchakli quti shaklida. Arxeologlarning aniklashicha, bu tumor mil. av. 3ming yillik oxiri — 2ming yillik boshlariga mansub. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston sari yurishidan avval bir yil Suxda turganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Soʻx tumanida «Sadoi Sux» gazetasi chikariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x