SOʻRI

SOʻRItok oʻstirishga moʻljallangan tayanch moslama. Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan. Toklarni yerdan koʻtarish uchun tik ustunlar qoʻyiladi va ustunlarning 3—3,5 m li baland qismidan bir tomonga qiyshaytirib yana 3—4 m uzunlikda xodacha yoki taxtalar oʻrnatilib, ularning uch qismiga tirgak ustunlar qoʻyiladi. Tik koʻyilgan ustunlarga va Soʻrining ustiga 40—50 sm oraliqsa bagʻazlar bogʻlanadi. Sohibkor Rizamat Musamuhamedov tomonidan tokni Soʻrida oʻstirishning yaxshilangan voish usuli ishlab chiqilgan. Tokni Soʻrida oʻstirish usuli xalq tajribasi asosida vujudga kelgan. Soʻrida oʻstiriladigan tokning zang, madang va bir yillik novdalari atrofga keng taralib yayrab oʻsadi. Barglari havo va quyoshdan yaxshi foydalanadi, assimilyatsiya jarayoni kuchayadi. Natijada uzum boshlari kattalashadi, rang kiradi, shirasi ortadi, kasalliklardan kam zararlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x