“Dunyoga mashhur imomlarimiz, allomalarimiz bilan birgalikda tarixlari xalq ongidan atayin oʻchib ketgan taniqli tarixiy shaxslar hayot-faoliyatlari yoritilmoqda, tadqiq etilmoqda. Jumladan, Soʻfi Ollohyor, Shayx Islom Karruxiy va ularning izdoshlari tarixlarining yoritilmagan jihatlari yangi maʼlumotlar bilan toʻldirilmoqda”.
Bu soʻzlarni yosh tarixchi Mirzo Meʼrojiddinning “Soʻfi Ollohyor va Islom shayx tarixi” toʻplamining soʻzboshisida oʻqiysiz. Yaqinda “MASHHUR-PRESS” nashriyotida nashrdan chiqqan mazkur kitobda naqshbandiylik sulukining mashhur namoyandalari hamda oʻzbek adabiyoti yetuk vakillarining hayoti va ijodi oʻrin olgan. Shuningdek, asarda yurtimizdagi ziyoratgohlar tarixi ham yoritilgan.
Muallif ushbu toʻplamda Soʻfi Ollohyorning bir silsila murshidlari boʻlgan Xalifa Navroʻz va uning piri shayx Hoji Habibulloh toʻgʻrisida qadimiy manbalar asosida maʼlumot berishga harakat qiladi. Qolaversa, Shayx Karruxiyning Samarqand viloyatida qolgan avlodlari faoliyatini yoritgan.
Boboxon POʻLATOV
https://saviya.uz/hayot/nigoh/sofi-ollohyor-va-islom-shayx-tarixi/