DO`STLARGA ULASHING:
Nega kerak o’zi?
Masalan telefoningizda o’yin o’ynamoqchisiz, uni ekrani kichikroq. Shunda telefonni ekrani kompyuterimiz monitorida ko’rib o’ynamoqchimisiz?
Android developer bo’lsangiz va emulator ishlatish imkoni bo’lmasa, telefoningizni ulab ishlatmoqchisiz-u lekin har safar telefonni qo’lga olaverish yoqmayaptimi. Xuddi emulator ishlatgandek sichqoncha bilan boshqarmoqchisiz?
Shunday holatlarda juda qulay bo’ladi.
Mana endi ishga kirishamiz
1-qadam:
Mana bu orqali scrcpy dasturini yuklab oling:
https://github.com/Genymobile/scrcpy/releases/down…
2-qadam:
Yuklab olgan faylingizni zip’dan chiqaring
3-qadam:
Zipdan chiqarib olgan papkangizni C:Program Filesscrcpy ga joylang
Umuman olganda istalgan papkaga joylashingiz mumkin, lekin dasturlar shu yerda turgani ma’qul
4-qadam:
Endi shu papkadagi scrcpy.exe fayliga ярлык yaratib oling va uni Рабочый стол’ga ko’chirib qo’ying.
5-qadam:
Telefoningizni kompyuterga USB orqali ulang va 4-qadamda yaratgan ярлык ni bosib scrcpy dasturini ishga tushiring. Kompyuteringiz va USB kabelingizga qarab dastur 3-4 soniyalarda ishga tushishi mumkin.
Bonus
Agar menga o’xshab cool programmer bo’lib scrcpyni terminaldan yoki Windowsda Win+R bilan ishga tushirmoqchi bo’lsangiz scrcpy papkasini «Системные переменные»dagi Pathga qo’shish kerak. Buning uchun:
- scrcpy turgan papkani manzilini (Копировать)ctrl+c qilib oling.
- Системные переменные(System environment variables) ga kiring.
- Системные переменные(pastki qismdagi) ro’yxatdan Pathni tanlang.
- 1-qadamda ctrl+c qilib olgan manzilimizni Pathga qo’shing.
Mana endi terminaldan yoki Win+R bilan scrcpyni ishga tushurish mumkin
Manba: www.Texnoman.uz