SKRIPKA

SKRIPKA (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —16-a. larda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17 — 18-a. larda Shim. Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar Skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 17 — 18-a. lardan Skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, Skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-a. da virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va b. ning xizmati katta boʻldi. 20-a. skripkachilaridan F. Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A. S. Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va b. mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N. Pover, V. Yudenich va b. skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D. Xoliqov, N. Hoshimov, T. Yaxshiboyev va b. xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari Skripka uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S. Jalil va b.), sonatalar (G. Mushel, N. Zokirov va b.) kabi asarlar yaratishgan. 20-a. boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va b.) sozandalari baʼzida Sdan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x