SKOBELEV Mixail Dmitriyevich

SKOBELEV Mixail Dmitriyevich (1843.17.9, Sankt-Peterburg — 1882.25.6, Moskva) — Rossiya imperiyasining Turkistondagi bosqinchilik urushlarida faol ishtirok etgan rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1881). Bosh shtab akademiyasini tugatgan (1868). 1869-y. da Oʻrta Osiyoga kapitan unvoni bilan kelib, 8 yil ichida generalmayor unvoni bilan Rossiyaga kashtan. S. Xiva xonligini bosib olish (1873) va «Poʻlatxon» qoʻzgʻoloni (1873 — 76)ni bostirishda K. P. Kaufmannnng eng yaqin yordamchilaridan biri boʻlgan. Andijonni vayron qilib aholisiga 3300 rubl tovon toʻlatgan. Qoʻqon xonligi tugatilgach, 1876 i. 19 fev. da tashkil qilingan Fargʻona viloyatining birinchi harbiy gubernatori. Skobelev tomonidan viloyat markazi Qoʻqon sh. dan Yangi Margʻilonga koʻchiriladi. Turkistonda podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini joriy qilishda qatʼiy faollik koʻrsatgan. RossiyaTurkiya urushi (1877— 78) qatnashchisi. Axaltaka harbii yurishlari paytida 2Axaltaka ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan. Koʻktepa (Geoktepa) qalʼasi va Dengiltepa rus askarlari tomonidan egallangach (1881-y. 12 yanv.), S. ning buyrugʻi bilan tirik qolgan barcha qalʼa Aholisi: 45000 kishi (ayollar, kariyalar, bolalar) yoppasiga qirib tashlangan, ularning molmulki talangan va Koʻktepa yer bilan yakson qilingan. Skobelev ashaddiy shovinist va mustamlakachi sifatida Turkistondagi tub xalqlarga past nazar b-n karagan. Skobelev hakdsa mahalliy aholida nafratli xotiralar sakdanib qolgan. Skobelev 1882-y. da Sankt-Peterburgda fojiali oʻldirilgan. Fargʻona viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Yangi Margʻilon (xoz. Fargʻona) sh. 1907—1924-y. larda Skobelev nomi bilan atalgan.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x