SKARNLAR

SKARNLAR (shvedcha scarn, aynan — loy, chiqindi) — metasomatik togʻ jinslari. Ohaktoshli magnezialtemirli silikatlar va alyumosilikatlardan tarkib topgan; magmatik togʻ jinslarining yuqori trali kontakt oreoli zonasida karbonatli jinslarning qaynoq magmatogen eritma vositasida magma, intruziv yoki boshqa alyumosilikat jinslar b-n oʻzaro kimyoviy taʼsiri natijasida hosil boʻladi. SaMgFe silikatlari va alyumosilikatlari (diopsidgedenbergit qatorining piroksenlari va grossulyarandradit qatorining granatlari) dan tuzilgan ohaktoshli Skarnlar va tarkibida magniyli minerallar (forsterit, diopsid, shpinel, flagopit) boʻlgan magnezial Skarnlar farqqilinadi. Ohaktoshli Skarnlar ohaktoshlarning alyumosilikat jinslari bilan tutashgan joyida 10—12 km gacha chuqurlikda magmatik bosqichdan keyin hosil boʻladi. Magnezial Skarnlar dolomitlarning magma bilan oʻzaro taʼsiri natijasida yoki katta (10—12 km dan ziyod) chuqurlikda magmatik bosqichdan soʻng alyumosilat jinslar bilan tutashgan joyida vujudga keladi. Skarnlar koʻpincha kontakt (tutashgan) linzasimon va qatlamsimon yotqiziqlarda, baʼzan karbonat yoki alyumosilikat jinslarda naysimon yoki tomirsimon jinslar shaklida uchraydi; skarn jinslar koʻproq zonal tuzilishga ega. Skarnlarda ruda (ayniqsa, temir, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, molibden va b.) va nometall foydali qazilmalar (flyugopit, boratlar va b.)ning yirik toʻplamlari boʻladi. Shunga koʻra, konlarning alohida turi — skarn konlari farq qilinadi; bunday konlar sanoat ahamiyatiga ega. S. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Nurota, Zirabuloq, Qoratepa, Chatqol, Qurama togʻlaridagi volfram, molibden, polimetall va temir konlari Skarnlar bilan bogʻliq. Xorijda RF (Magnitogorsk temir rudasi koni), Qozogʻiston (SokolovSarbay temir rudasi koni), Kavkaz (Tirnauz volframmolibden koni) va b. joylarda; noruda konlardan boratlar, flagopit konlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x