SKABIOZA (Scabiosa) — toʻngʻiztaroqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bir yoki koʻp yillik oʻt, baʼzan buta. Bargi qaramaqarshi. Gullari mayda, kallaksimon toʻpgulda toʻplangan. Mevasi — pistacha. Asosan, Oʻrta dengiz mamlakatlarida 100 tacha turi oʻsadi. Ayrim turlari Sharqiy Osiyo va Afrikaning jan. da uchraydi. 7 turi Oʻzbekistonning koʻpincha qumli va soz tuproqli adir va togʻ etaklarida oʻsadi. Ayrimlari (mas, koʻp yillik Kavkaz S. si bir yillik Skabioza) manzarali oʻsimlik.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые