SIZLOGʻICH

SIZLOGʻICH, follikulit tuk (soch) xaltachasi ogʻzi (follikula)ning yiringli yalligʻlanishi. Stafilokokklar qoʻzgatadi. Teri tozaligi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, terining tirnalishi va chaqalanishi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, A va S vitaminlar yetishmasligi, koʻp terlash va boshqalar Sizlogʻichga sabab boʻladi. Faqat yuzdagi soch xaltachasi (q. Soch) yalligʻlanganda sikoz roʻy beradi va surunkali kechadi. Terining tukli qismida: yuz, boʻyin, son va b. sohalarda uchraydi. Yuza va chuqur Sizlogʻich farq qilinadi. Yuza Sizlogʻichda mayda (0,5 sm cha), dumaloq qizil tuguncha hosil boʻladi, uning atrofi bir oz qichishadi, tez orada shu tugunchadan oʻrtasida sochi bor sargʻimtiryashil yiringcha uch beradi. Baʼzan yiringlagan joy atrofi qizarib qoladi. Yuza S, odatda, hech qanday iz qoldirmay 2—3 kunda yoʻqolib ketadi. Chuqur Sizlogʻichda tugunchalar xiyla kattaroq (diametri 1 sm cha), konussimon shaklda boʻladi, teri qipqizarib turadi: shu joy qattiq boʻlib, bezillab ogʻriydi, yorilganda ichidan yiring chiqadi. Kasallik 7—10 kunda tuzaladi, lekin oʻrnida dogʻ qoladi. Teriga 1—2 dona mayda yiringchalar toshib, ichidan soch chiqib turgan hollarda dastlabki davo sifatida 1% li brilliant koʻki, metilen koʻki va b. bilan artish tavsiya etiladi. Agar yiringchalar soni koʻp boʻlsa, darhol vrach ga uchrashish lozim. Sizlogʻichni (xususan, yuzdagi Sizlogʻichni) sitish yaramaydi, aks holda infeksiya tarqalib ketishi mumkin. Sizlogʻich surunkali kechganda parhez sakdash, achchiq, shirin, shoʻr ovqatlar isteʼmol qilmaslik; sut va oʻsimliklardan tayyorlangan servitamin ovqatlar tanovvul qilish tavsiya etiladi. Sizlogʻichning oldini olishda teri tozaligiga alohida eʼtibor berish ayniqsa muhim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x