SIKTIVKAR

SIKTIVKAR (1930-y. gacha UstSisolsk) — RF dagi shahar, Komi Respublikasi poytaxti, Sisola daryosidagi pristan (Vichegda daryosiga quyilish joyida). T. y. stansiyasi. Aholisi 230,8 ming kishi (1998). 16-a. oxirida Siktivkar oʻrnida qishloq boʻlgan. 1921-y. dan Komi (Ziryan) muxtor viloyati markazi. 1936-y. dan Komi Muxtor Respublikasi, 1992-y. dan RF tarkibidagi Komi Respublikasi poytaxti.

Sanoat korxonalari yogʻochni qayta ishlash, yirik oʻrmonsanoat kompleksi (sellyulozaqogʻoz va karton i. ch., gidrolizxamirturush z-dlari va b.)dan iborat. Taxta tilishyogʻochsozlik k-ti, kemasozlikkema taʼmirlash, tajriba mexanika, avtotaʼmirlash, gʻisht, yirik panelli uysozlik z-dlari, mebel va tikuvchilik f-kalari, koʻnpoyabzal k-ti, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya FA Komi boʻlimi, 2 oliy oʻquv yurti (ped. int, un-t), 2 teatr, badiiy va tarixoʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x