Sizif anglagan haqiqat

Homer kuylagan dostonlarda aytilishicha, Olimp maʼbudlari Korinf hokimi Sizifni jazolash uchun uni to qiyomatga qadar ogʻir va dumaloq xarsangni baland choʻqqiga dumalatib chiqarishga hukm qiladilar. Sababi – u isyonkor, maʼbudlarni aldagan, Oʻlimni zanjirband qilgan, hatto bosh maʼbud Zevsga qarshi borishga jurʼati yetgan odam. Maʼbudlar bejiz bu jazoni ravo koʻrishmagan. Chunki xarsangni choʻqqiga dumalatib chiqarishning iloji yoʻq, Sizif yuqoriga chiqdim deganda, xarsang pastga qarab dumalaydi. Maʼbudlarning nazarida Sizifdek isyonkorga bemaʼni va befoyda mehnatdan ham ogʻirroq jazoni topib boʻlmaydi. Yevropada “Sizif mashaqqati” yoki boshqacha aytganda, “Sizifchasiga mehnat” degan iboraning paydo boʻlishi ham shunga ishora.

Lekin Xurshid Doʻstmuhammad yaratgan Sizif bejiz donishmandga aylanmagan. U oʻziga oʻqilgan hukmning mantiqiy intihosini topa biladi. Dumaloq xarsang choʻqqiga chiqa olmasa, demak, u yemirilib ado boʻlishi kerak! Agar Sizif shunchaki hukmni ado etib, doʻzaxdan chiqa olsa, uning avvalgi, Homer kuylagan Sizifdan qanchalik farqi qoladi? U donishmandga aylana oladimi? Aslida Sizif kim oʻzi? Nazarimizda, yozuvchi qoʻygan savol shundan iborat.

Zamonaviy nasrimizda paydo boʻlgan yana bir ajoyib romanni “Sharq yulduzi” jurnali oʻquvchilariga tavsiya etmoqdamiz.

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr kengashi

 

“Sharq yulduzi” jurnali, 2016–1

https://saviya.uz/hayot/nigoh/sizif-anglagan-haqiqat/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x