Siydik chiqarish kanali yallig’lanishi belgilari
Bemorlarning chorak qismida kasallik hech bir alomatlarsiz kechadi va skrining tekshiruv vaqtida tasodifan aniqlanadi. Qolgan qismida uretritning asosiy belgisi — uretral sindrom. Uning mavjudligida bemor quyidagilardan shikoyat qiladi:
Siydik chiqarganda og’riq va achishlar;
Uretra sohasida achishish hissi;
Uretraning ichki kiyim bilan aloqa qilganda noqulaylik yuzaga kelishi;
Siydik chiqarish yo’llari atrofidagi sohaning qizarishi;
Uretra qirralarining yopishishi;
Siydik bilan yiring (piuriya) yoki qon aralashib chiqishi.
@andrology_uz 🚑