SIVILIZATSIYA

SIVILIZATSIYA (lot. cuvilis) – fuqarolikka, davlatga taalluqli), tamaddun — 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli;

2) madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi;

3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S. si, Mesopotamiya S. si va b.);

4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. «Sivilizatsiya» tushunchasi 18-a. da «madaniyat» tushunchasi b-n uzviy bogʻliq raviщda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni Sivilizatsiya lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar «Sivilizatsiya» deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, «Sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x