SESARKA

SESARKA (polyakcha — cesarka) , xo-naki sesarka — sesarkalar oilasiga mansub parranda. Gʻarbiy Afrikada yashaydigan yovvoyi kulrang sesarka (Numida meleagris) dan kelib chiqqan. Dastlab, Sesarka Yunoniston va Rimda xonakilashtirilgan. Tanasining uz. 30—75 sm, boʻyni kalta, boʻynining ustki qismi va boshi patsiz. Boshida jigarrang toji va oq-qizgʻish shokilasi bor. Tumshugʻi egikroq, uzunligi oʻrtacha, yonlari siqiqroq. Qanotlari qisqa, dumi kalta. Patlarida yaltiroq ola-chipor dogʻlari bor, tanasiga yopi-shib turadi. Koʻk, oq, kulrang va b. tusli. Sesarka juda harakatchan: uchadi va tez yuguradi. 5—8 yil yashaydi. 6—8 oyligida jinsiy yetiladi. 2—3 y. tuxum olish uchun foydalaniladi (4—6 ta makiyoni uchun bitta erkagi qoʻyiladi). Sesarka goʻshti uchun bokiladi. Nari 1,7—1,8 kg, makiyoni 1,8—2 kg goʻsht beradi. Yiliga 70—120 ta tuxum qiladi. Tuxumi 42—45 g, uzoq saqlanadi, sarigʻida koʻp miqdorda karotinoidlar bor. Joʻjalari 28 sutkada tuxumdan chiqadi. Sesarka deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Sibir va Qozogʻistonda, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida maxsus xoʻjaliklarda yetishtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x