SITOXROMLAR

SITOXROMLAR (yun. kitos – hujayra va chroma — rang, boʻyoq) — tarkibida temir atomlari boʻlgan murakkab oqsillar. S. ning oqsil boʻlmagan qismi (prostotik guruh) gemdan iborat. Sitoxromlar oʻsimlik va hayvon hujayralari, mikroorganizmlar (achitqilar, ayrim fakultativ anaeroblar)da mitoxondriylar, endoplazmatik toʻr, xloroplastlar va xromatoforalar membranalarida joylashgan. Sitoxromlar tirik organizmlarda kechadigan jarayonlar: hujayraning nafas olishi, fotosintez va mikrosomal oksidlanishida muhim ahamiyatga ega. Sitoxromlarning elektronlarni berish va qabul qilib olish xususiyati ular gemi tarkibidagi temir atomi valentligi oʻzgarishi bilan bogʻliq. Odatda, Sitoxromlar oʻzaro birikib, zanjir hosil qiladi; elektronlar ana shu zanjir boʻylab donordan akseptorga uzatiladi. Xloroplastlar, mitoxondriylar va prokariotlarda elektron koʻchiruvchi zanjirning energiya bilan taʼminlanishi yorugʻlik energiyasi (fotosintez) yoki substratning oksidlanishi (nafas olish)da hosil boʻladigan energiya hisobiga amalga oshadi. Endoplazmatik toʻr membranalarida elektron koʻchiruvchi zanjirlar, odatda, kalta boʻlib, mikrosomal oksidlanish jarayonida aromatik birikmalarni zarar-sizlantirish vazifasini bajaradi.

40 ga yaqin Sitoxromlar aniqlangan, Ularning bir qismi toza holda individual oqsillar sifatida olingan. Sitoxromlar 4 asosiy guruh (a. v, s, d)ra ajratiladi. Bu guruhlar, oʻz navbatida, yana bir necha kichik guruxlarga boʻlinadi. (mas, sit. a, sit. ar sit. a2, sit. a3, S. r-450, S. I). Ayrim Sitoxromlar membranalar bilan mustahkam bogʻlanganligi sababli ularni toza holda ajratib olish kiyin. Tirik organizmlardan ajratib olingan Sitoxromlar s1 ning oqsil qismidagi aminokislotalar ketmaketligini takdoslash natijasida polipeptid zanjirning turli qismlarida 35 va 11 ta aminokislota joylashganligi, polipeptidlar tarkibi doimiy boʻlishi aniqlangan. Polipeptid zanjirning boshqa qismlarida almashinib qolgan aminokislotalar miqsori mazkur turlar oʻrtasidagi filogenetik farq b-n bevosita bogʻliq. Mas, ot bilan achitqi zamburugʻi Sitoxromlar s, dagi 48 ta, oʻrdak bilan tovuq faqat 2 ta aminokislota qoldigʻi b-n farq qilishi, sigir bilan qoʻy esa umuman farq qilmasligi aniqlangan. Sitoxromlar molekulalarini oʻrganish ayrim evolyutsion hodisalarni, mas, mutatsion ja-rayon tezligini, filogenetik yaqinliklarni, oqsil molekulalari ayrim qismlarining evolyutsion oʻzgaruvchanlik darajasini miqsor jihatdan tavsiflash imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x