SIRKUL

SIRKUL (lot. cirkulus — doyra, aylana) — aylana va yoylar chizish, kesmalarning uzunligini oʻlchash va oʻlchamlarni koʻchirish uchun moʻljallangan chizmachilik asbobi; parger. Uning rejalash (yoki boʻlish), chizmachilik (yoki doiraviy), proporsional turlari bor. Rejalash Sirkuli chiziqli oʻlchamlarni oʻlchab, boshqa joyga (qogʻozga) tushirish uchun moʻljallanadi. Chizmachilik Sirkuli diametri 300 mm gacha boʻlgan aylanalarni chizishda ishlatiladi (diametri 2—80 mm li aylanalarni chizish uchun moʻljallangan Sirkul kronsirkul, diametri 300 mm dan katta aylanalarni chizishda ishlatiladigan Sirkul shtangensirkul deb ataladi). Proporsional Sirkul oʻlchab koʻchiriladigan oʻlchamlarning masshtabini oʻzgartirishga imkon beradi. U. deyarli barcha soxalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x