Sispresretsept bilan

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o‘tkazgan patsiyentlarda), gepatit, gepatonekroz.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kuchli toliqish, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tush ko‘rishlar, periferik paralgeziya, (og‘riqni xis qilishni anomaliyasi), kuchli terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek psixotik reatsiyalarning boshqa ko‘rinishlari (kamdan-kam hollarda patsiyent o‘z-o‘ziga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan kuchayib boruvchi holatlargacha rivojlanishi mumkin), migren, xushdan ketish, tserebral arteriyalarning trombozi.

Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, (diplopiya, rang ajratishni o‘zgarishi), quloqlarni shang‘illashi, eshitishni pasayishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, brak ritmini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, yuz terisiga qonni “oqib kelishlari”.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristallurgiya (eng avvalo ishqoriy siydikda va past diurezida), gloiyerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, gematuriya, buyraklarning azotni chiqarish faoliyatini pasayishi, interstitsial nefrit.

Tayanch xarakat tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning uzilishi, mialgiya.

Allergik reaktsiyalar: terini qichishishi, eshakemi, qon ketishlari bilan birga kechuvchi qavariqlarni hosil bo‘lishi, va qasmoqlarni hosil qiluvchi mayda tugunlarni paydo bo‘lishi, dori isitmasi, terida nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Boshqalar: yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, asteniya, superinfektsiya (kandidoz, soxtamembranoz kolit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x