SISPRES tabletka

DO`STLARGA ULASHING:

Sispres tabletka

#Сиспрес таблетка

💊DORI SHAKLI : 👇

tabletka ( 250 , 500 , 750 mg dozalarda chiqadi ).

💊TARKIBI : 👇

Siprofloksatsin — 250 mg , 500 mg va 750 mg dozada chiqadi.

💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA 👇

Antibiotik vosita. Mikroblarga qarshi samarali vosita. (Ftorxinolonlar guruhi).

💊QO’LLANILISHI 👇

— Mikroorganizmlar chaqirgan infeksion va yallig’lanish kasalliklarida.

— Nafas yo’llari infeksiyasida ( klebsiyella, enteribakter , proteus , esherixa coli , haemophilus, moraxella va stafilokokklar chaqirgan pnevmoniyada qabul qilish mumkin ).

— Stafilokokklar chaqirgan o’rta quloq infeksiyasida ( o’rta otitda ) , sinusitlarda qabul qilish mumkin.

— Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari infeksiyasida.

— Jinsiy a’zolar infeksiyasida , ya’ni adneksit , gonoreya va prostatitda.

— Ko’z infeksiyalarida buyuriladi.

— Ovqat hazm qilish tizimi va o’t safro chiqarish infeksiyasida ( og’iz , tishlar, jag’lar va peritonitda ).

— Teri qoplamalari , shilliq qavatlar va yumshoq to’qimalar infeksiyalarida.

— Tayanch harakat apparati infeksiyalarida.

— Qorin bo’shligi infeksiyasida.

— Kuydirgi kasalligining o’pka shaklini infeksion yalliglanish kasalligini oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

— Qorin og’riqlarida va diareyada ham qabul qilinadi.

— Qorin tifida va infeksion diareyada qabul qilinadi.

— LOR azolari infeksiyalarida.

— Ichak infeksiyalarida , ya’ni salmonelloz , shigellyoz, xolera va qorin tifida qabul qilish mumkin.

— Qorin bo’shligi absessi , xolangit , xolesistit , o’t qopi yiringlash xolatida.

— O’pka absessi va plevritda.

💊QO’LLASH USULI 👇

Tabletkani butunligicha ko’p bo’lmagan suyuqlik bilan ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ( yoki har 12 soatda 1 ta tabletka qabul qilish ) buyuriladi.

🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇

— Bosh og’rigi va bosh aylanishi.

— Ichak mikroflorasining buzilishi ( ko’p qabul qilinsa).

— Taxikardiya va qon bosimi pasayishi kuzatilishi mumkin.

—Ko’ngil aynish , qusish va ishtaha pasayishi xolatlari.

— Qorinda og’riq va meteorizm kuzatilishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.

— 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas.

— Epilepsiya kasalligida mumkin emas ( yoki shifokor nazoratida ehtiyotkorlik bilan qo’llash buyuriladi ).

—————————————————-

🔰SISPRES ANALOGI QAYSILAR ? 👇

💉Qo»lllash — retsept bilan .

💉Ishlab chiqaruvchi — Qozogiston.

@Farmakologiya_TTA

,, ТАБЛЕТКА » kanali

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x