SIROJIDDINOV Nasriddin Abrorovich

SIROJIDDINOV Nasriddin Abrorovich (1932.19.1, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Kimyo fanlari d-ri (1974), prof. (1981). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1956). Novgorod viloyati «Proletariy» chinni z-dida bosh teplotexnik (1956—58), Toshkent izolyator z-dida sex boshligʻi (1959—60). Oʻzbekiston FA Kimyo in-ti ilmiy xodimi (1963—75), Silikatlar kimyosi lab. mudiri (1975—96), ayni vaqtda direktor muovini (1975 — 91), yetakchi ilmiy xodim (1996—99). Asosiy ilmiy ishlari yuqori tralarda suyuklanadigan murakkab oksid birikmalar va silikat materiallar kimyosiga oid. Sirojiddinov ishkrriyer metallarning alyumosilikatlari va ularning gallogermanatli analoglarini sintez qilish jarayonidagi qattiq fazalararo reaksiyalar, ulardagi izomorfizm va geterogen muvozanatni oʻrgangan, ilk bor fazaviy muvozanat diagrammalarini tuzgan.

As: Alyuminatы i gallatы щyelochnozemelnыx metallov (v soavtorstve), T., 1986; Regulirovaniye svoystv silikatnыx materialov (v soavtorstve), T., 1987; Glushyonnыye titanosoderjaщiye glazuri (v soavtorstve), T., 1988.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x