SIRKADARAXT

SIRKADARAXT (Rhus coriaria L.) pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Boʻyi 0,5—5 m. Barglari murakkab, toq patsimon, yashil, kuzda qizil rangga kiradi. Guli novdalarining uchida roʻvaksimon yoki shingilsimon gʻuj joylashgan. Iyun — iyulda gullab, sent — okt. da mevalaydi. Urugʻi, novdasi va ildiz bachkisidan koʻpayadi. Jan. mamlakatlarda, Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatidagi daryolarning sershagʻal qirgʻoklarida oʻsadi. Manzarali oʻsimlik. Mevasi nordon va xushboʻy, ishtaha ochadi, ovqatni tez hazm qiladi. Xalq tabobatida ogʻiz va milk jarohatlari, tomoq ogʻrigʻida ishlatiladi. Barglari, ildizlari, poʻstlogʻi, yosh novdalari va mevalarida teriga, yungga, ipakka va har xil gazmollarga rang berishda qoʻllaniladigan tannin (13—22%), gallat, pirogallat, vino va sirka kislotalari, kvarsetin, ramnetin, miritsetin hamda vitamin S bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x