SIRKA KISLOTA

SIRKA KISLOTA (metankarbon kislota) , SN3SOON — oʻtkir hidli, rangeiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz (aniqrogʻi 98 — 99% li) Sirka kislota muzga oʻxshaganligi uchun «muz» kislota deb qam ataladi. Suyuklanish t-rasi 16,75%, qaynash t-rasi 118,1°, zichligi 1055 kg/ m3 (15°da). Suv, spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi, uglerod sulfidna erimaydi. Sirka kislota — insoniyatga qadimdan maʼlum boʻlgan kislotalardan (vino achiganda sirka holida hosil boʻladi). Asetaldegidnn oksidlab olinadi. Sirka kislota turli sohalarda, mas, atsetilsellyuloza, plastmassa, sirka angidrid, organik erituvchilar, insektitsidlar, farmatsevtik preparatlar (aspirin, fenatsetin), atseton, sintetik boʻyagichlar i. ch. da va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Sirka kislota bugʻlari nafas yoʻllari shilliq pardasini yalligʻlantiradi. 30% dan ortiq konsentratsiyali Sirka kislota terini kuydiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x