SIRDARYO TUMANI

SIRDARYO TUMANISirdaryo viloyatidagi tuman. 1939-y. 10 fev. da tashkil etilgan. Shim. sharkdan Toshkent viloyati, jan. sharkdan Sayxunobod, jan. dan Guliston tumanlari, gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Aholisi 110,5 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Sirdaryo, Baxt.), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Malik, Paxtazor, Sirdaryo, Turon, Usmon Yusupov, Xalqobod, Choltoʻqay, Sholikor, Haqiqat) bor. Markazi — Sirdaryo sh.

Tabiati. Yer yuzasi pastbaland tekisliklardan iborat (oʻrtacha bal. 240 m), shim. sharq tomonga bir oz kiya. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududining shim. shim. sharqtomonidan Sirdaryo, gʻarb tomonidan Kirov nomli kanalningoʻngtarmoqlari oʻtadi. Oqova shoʻr suvlar chiqarib yuboriladigan kanal, ariqzovur bor. Iqdimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°— 29°, eng yuqori tra 42°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —4°, eng past tra —33°. Vegetatsiya davri 195—200 kun. Yillik yogʻin 260—280 mm. Tuproqlari boʻz, allyuvial, oʻtloqi botqrq va shoʻrxok tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qorajusan, oqbosh, qamish, har xil butalar, tol, jiyda terak va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, chiyaboʻri, tulki, boʻrsiq, quyon, ondatra, kalamush, kaltakesak, ilon; parrandalardan oʻrdak, tustovuq, kalxat, chugʻurchiq; suv havzalarida har xil baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, qozoq, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 201 kishi. Qishloq aholisi 75,7 ming kishi, shahar aholisi 34,8 ming kishidan ziyod (2003).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Sirdaryo tumanida 160 kichik va xususiy korxona, 3 qoʻshma korxona bor. Sanoat korxonalaridan Toshkent mashinasozlik z-dining filiali, qurilish tashkilotlari, 5 avtokorxona, ReFDepo maktab va sport jihozlari, sut, guruch, 2 paxta tozalash va non z-dlari, Yangiyoʻl poyabzal f-kasining filiali, bosmaxona, qandolatchilik, kvas va limonad i. ch. korxonalari, Sirdaryo sh. bozori faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik, 12 shirkat, 793 fermer xoʻjaligi bor. Tumandagi sugʻoriladigan yer maydoni 27502 ga, shu jumladan, 14760 ga yerga paxta, 8666 ga yerga don, 890 ga yerga beda, 68 ga yerga sabzavot va poliz, 1241 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1051 ga yer mevazor va tokzor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 24990 qoramol (shu jumladan, 10152 sigir), 10610 qoʻy va echki, 4,4 ming parranda, 834 ot boqiladi.

Sirdaryo tumanida 32 kutubxona (296 ming kitob), 16 klub va madaniyat uyi ishlab turibdi. 45 umumiy taʼlim maktabi [(shu jumladan, 1 boshlangʻich, 6 toʻliqsiz tayanch, 38 oʻrta umumiy taʼlim (shundan 1 ixtisoslashgan oʻrta maktab)] boʻlib, ularda 24456 oʻquvchiga 1813 oʻqituvchi taʼlimtarbiya bermoqda. Kasb-hunar litseyi, 2 kasb-hunar kolleji, Sirdaryo pedagogika kolleji, 2 kasb-hunar maktabi, musiqa va sanʼat, 3 sport maktabi mavjud. Markaziy stadion, bir qancha sport maydonlari va sport inshootlari bor. Tumanda markaziy kasalxona, tugʻruqxona, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, feldsherakusherlik punktlar, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, dorixona va b. tibbiy muassasalarda 201 vrach, 1005 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. 2004-y. dan Toshkent — Samarqand yoʻnalishida katnay boshlagan elektr poyezdi, Guliston — Toshkent elektr poyezdi, Sirdaryo st-yasi orqali Toshkent — Andijon — Namangan, Toshkent — Jizzax, MoskvaDushanba poyezdlari oʻtadi.

1963-y. dan «Sirdaryo» tuman gaz. chiqadi (adadi 2635).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x