SIQILUVCHANLIK

SIQILUVCHANLIK — har tomonidan taʼsir etuvchi kuchlar taʼsirida modda (gaz, suyuqlik va qattiq jism) ning oʻz hajmini oʻzgartirish xususiyati. Tabiatda mavjud moddalarning barchasi S xususiyatiga ega. Agar moddani qisish natijasida unda kimyoviy, tuzilish va b. jihatdan oʻzgarishlar yuz bermasa, tashqi taʼsir toʻxtatilganidan keyin u dastlabki holatiga qaytadi (qaytar Siqiluvchanlik) Gazlar (bugʻlar) va suyukliklarda Siqiluvchanlik qaytmas boʻlishi mumkin. Pnevmatik va gidravlik asboblarning ishi ana shu xossaga asoslanadi. Qattiq jismlarda kovaklar, darzlar va tuzilishidagi boshqa nuqsonlar boʻlsa, qaytar Siqiluvchanlik fakat yuqori bosimda yuz beradi (mas, tog jinslari uchun yuqori bosim — 2 — 5 kbar; 1 kbar = 108 N/m2). Siqiluvchanlik — moddalarning xossalari ularning atomlararo (molekulalararo) masofalarga bogʻlik^igi toʻgʻrisida fikr yuritishga imkon beradigan muhim koʻrsatkich. Issiqlik mashinalarining ishini hisoblashda, kimyoviytexnologik jarayonlar, portlash hodisasi, aero va gidrodinamik effektlar va b. hodisalarni oʻrganishda gazlar (bugʻlar), suyuqliklar va qattiq jismlarning Siqiluvchanlik xossasini bilish juda zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x