SINTEZATOR

SINTEZATOR — murakkab elektron musiqa cholgʻu asbobi. Sintezator boshqa (jumladan, elektro) musiqa cholgʻularidan farqli oʻlaroq tovushlarni chiqarish boʻyicha cheklanmagan imkoniyatlariga ega: unda barcha kuy va usullar, turli musiqa sozlari va tabiat tovushlari (mas, shamol gʻuvillashi, qushlar sayrashi), shuningdek yangi, tabiatda mavjud boʻlmagan tovush, shovqin va tembrlarni chiqarish mumkin. Birinchi mukammal namunalari 20-a. ning 2-yarmida kashf etilgan (Ye. Murzin, R. Mug va b.). Ular faqat maxsus studiyalarda, asosan, kompozitorlar tomonidan ishlatilgan (X. Veding, E. Denisov, E. Artemyev va b.). Keyinchalik ixcham shaklidagi konsert va b. S. lar paydo boʻlib, estrada va popmusiqa (mas, Pol Maria orkestri, «Bony M» ansambli), rok musiqa («Space», «Pink Floyd», «Zodiak» kabi guruxlar), kinomusiqa, radio va telespektakllarda keng foydalanilgan. Oʻzbekistonda turli rusumdagi Sintezatorlar 1980y. larning boshlarida paydo boʻlib («Yalla» ansambli, Sh. Joʻrayevga joʻrnavoz guruh va b.), hozirda radio va televideniye, kinostudiya va teatrlarda, musiqa studiyalarida fonogramma tayyorlashda, baʼzida konsert jarayonida ham joriy etilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x