SINSINNATI — AQSHning sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatida. Aholisi 331,3 ming kishi (2000). Ogayo daryosi boʻyidagi port. T. y. va avtomobil yoʻllari chorrahasi. AQSHning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Stanoksozlik, aviatsiya dvigatellari i. ch., elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati (sovun va kir yuvish vositalari, kosmetika, dori-darmonlar i. ch.) rivojlangan. Oziq-ovqat, poligrafiya korxonalari ishlab turibdi. Muzeylar, un-t bor. Shaharga 1788-y. da asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые