SINICHENKO Valentin Emmanuilovich

SINICHENKO Valentin Emmanuilovich (1914.15.2, Odessa 1976.29.6, Toshkent) — kino rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1965). Odessa rassomlik in-tining tasviriy sanʼat studiyasini tugatgan (1937). 1941-y. dan Toshkentda. Toshkent kinostudiyasi (1958-y. dan «Oʻzbekfilm»)da rassom, postanovkachirassom, bosh rassom (1964—76). Sinichenkoning dastlabki mustaqil ishi — «Qutlugʻ qon» filmi (1956). Kino i. ch. texnikasini mukammal egallagan Sinichenko zamon, davr ruhini hamda voqeahodisalarning taʼsirchanligini oshirish, rej. maqsadini kadrda aniq ifoda etish, hayotiy muhitni koʻlamli, ishonarli tuzish imkoniga ega boʻlgan: «Furqat» (1959), «Samolyotlar kuna olmadi» (1963), «Fidoyi» (1966), «Ikki dil dostoni» (1966), «General Rahimov» (1968), «Falokat oyoq ostida» (1971), «Ikki soldat xaqida qissa» (1976) va b. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x