SINFDAN TASHQARI ISHLAR

SINFDAN TASHQARI ISHLARumumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlaщda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogikjamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan daredan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh gabiatshunoslar, yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh. k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin.

Roʻzmon Keldiyorov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x