Sinf rahbarlariga qoʻyiladigan talablar oʻzgardi

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

2021 yilning fevral oyidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida
5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash bo‘yicha Nizom joriy etildi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qilmoqda.

Yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qo‘yiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan,

    ▶️kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;

    ▶️maktabda to‘liq stavkada acosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;

    ▶️bo‘linib o‘qitiladigan fanlardan dars bermaydigan;

    ▶️ odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;

    ▶️ ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;

    ▶️ o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:

    ✅amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;

    ✅faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;

    ✅malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;

    ✅ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Amalga oshirilgan o‘zgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:

    – sinf rahbarlarining o‘quvchilar tarbiyasiga ta’siri sezilarli ravishda oshishi;

    – 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sog‘lom ravishda ushlab turish imkoni;

    – ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x