Sinf jurnali qanday tartibda yuritilishi kerak?

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Sinf jurnali Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlarining bajarilishini aks ettiruvchi davlat hujjati hisoblanadi. Maktab direktori va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sinf jurnallarining to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilishi va bu haqda jurnalning tegishli sahifalariga qayd etib borishi zarur.

Sinf jurnalidagi barcha yozuvlar bir xil siyohda yoki sharikli ruchkada aniq va ehtiyotkorlik bilan yozilishi kerak. O‘qituvchi darsda o‘tilgan mavzu va uyga berilgan vazifalarni alohida ajratilgan kataklarga yozib borishi, o‘quvchilarning darsdagi davomatlarini aniqlashi va qayd etib borishi kerak.

❗️Sinf jurnaliga yozilmagan dars uchun o‘qituvchiga ish haqi to‘lanmaydi. Fan o‘qituvchilari belgilangan tartibda choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baho va yillik reyting ballarini aniqlaydi hamda ularni tegishli ustunlarga qayd etadi hamda tagiga imzo qo‘yadi.

🔰Sinf jurnalida ballar va aniqlangan baholarni qayd etish ketma-ketligi quyidagicha:

👉5-8 sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar – choraklik (yarim yillik) baholar – bosqichli nazorat bali – yillik baho – yillik reyting bali.

👉9-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar – choraklik (yarim yillik baholar) – yillik baho – yakuniy nazorat bali – yakuniy baho – yillik reyting bali.

👉10-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar – choraklik (yarim yillik baholar) – bosqichli nazorat bali – yillik baho – yillik reyting bali.

👉11-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar – choraklik (yarim yillik) baholar – yillik baho – yakuniy nazorat bali – yakuniy baho – yillik reyting bali.

“Darsda nima o‘tildi” va “Uyga berilgan topshiriq” deb ko‘rsatilgan joyiga o‘tilgan mavzu hamda uyga berilgan topshiriq aniq qilib yoziladi.

Sinf rahbari har bir o‘quv fani bo‘yicha choraklik (yarim yillik), bosqichli, yakuniy nazorat bali, yillik (yakuniy baho) va yillik reyting ballarini tegishli sahifalarda ajratilgan bo‘sh kataklarga ko‘chirib o‘tkazadi. Sinf rahbari har kuni o‘quvchilar tomonidan qoldirilgan darslar sonini ham qayd etib boradi.

Sinf jurnalining saqlanish va yuritish qoidalari yuzasidan kundalik nazorat olib borish, jurnal sahifalarini fanlar bo‘yicha taqsimlab chiqish, sahifalarga o‘quvchilar ro‘yxatini yozish sinf rahbariga yuklatiladi. Sinf jurnali qat’iy nazoratdagi maktab hujjati hisoblanib, maktabda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.

P.S: Kundalik.com dasturiga o‘tgan maktablarda qog‘oz shaklidagi jurnallar yuritilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x