Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma’qul

DO`STLARGA ULASHING:

Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma’qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko’rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo’yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko’rinishda bo’ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo’lsin, hoh professional bo’lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko’ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so’nishlar yo’q desa ham bo’ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo’yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig’adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo’lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko’rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so’nishlar bo’ladi;
— har xil qo’shimcha tugmalar kamroq bo’ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o’zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo’lsa, keyinroq yozib o’taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x