SILINDR

SILINDR (yun. Kylindros — val, gʻal-tak) — 1) matematikada — silindrik sirt va ikkita parallel tekislik b-n chegaralangan jism. Parallel tekisliklarning silindrik sirt bilan chegaralangan qismlari Silindrning asoslari deb ataladi. Agar Silindrning asoslari doiralardan iborat boʻlsa, bunday Silindr doiraviy Silindr deyiladi. Silindrni chegaralovchi silindrik sirtning parallel tekisliklar orasidagi qismi silindrning yon sirti deyiladi. Agar silindrik sirt yasovchilari Silindr yasovchisiga perpendikulyar boʻlsa, u toʻgʻri Silindr deb ataladi. 2)texnikada — mashina va mexanizmlarning mexanik ish energiyasini suyuqlik yoki gazning bosim energiyasiga yoki, aksincha, aylantirib beradigan detali. Ichki silindrik boʻshligʻida porshen yoki plunjer harakatlanib, porshenning goh u tomonidagi, goh bu tomonidagi boʻshliq hajmini oʻzgartirib turadi. Agar porshenning faqat bir tomonidagi boʻshliqsan foydalaniladigan boʻlsa, Silindrning bir tomoni qopqoq b-n berkitiladi, agar ikkala tomonidagi boʻshliqdan foydalaniladigan boʻlsa, ikkita qopqoq va porshenni polzunga tutashtiruvchi shtok koʻzda tutiladi. Gidravlik (suyuklikli) va pnevmatik (havoli) yuritmalarda (metall kesish stanoklari, presslar, koʻtargichlarda), shuningdek, baʼzi porshenli mashinalarda Silindr alohida detal tarzida qilinadi. Koʻp silindrli porshenli mashinalar (ichki yonuv dvigatellari va b.)da koʻpincha Silindrlar umumiy blokka birlashtiriladi. Bunda Silindrlar bir qator (qatorli dvigatel), maʼlum burchak ostida (V-simon dvigatel) yoki roʻparama-roʻpara (oppozit dvigatel) joylashtiriladi. Aylanma harakatlanuvchi nasoslar va gidromotorlarda Silindr koʻpincha oʻqqa radial yoki parallel ravishda rotorta joylashtiriladi.

Avtomobillarning ichki yoruv dvigatellari Silindr larida bevosita yonilgʻi yonganda hosil boʻladigan gazlarning kengayish bosimidan foydalaniladi. Silindr ichida porshen ilgarilama-qaytma harakatlanib turadi. Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilamaqaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x