SILEZIYA

SILEZIYA (polyakcha Slask, chexcha Slezsko, nem. Schlesien) — Odra daryosining yuqori va oʻrta oqimi boʻyidagi tarixiy viloyat. 10-a. da Polsha davlati tarkibida, 14-a. da — Chexiya taxtiga tegishli hudud. 1526-y. dan Sileziya Gabsburglar hukmronligi ostida (Sevej, Osvensim, Zatorsk knyazliklaridan tashkari), 1742-y. dan — Prussiya tarkibida (Opava, Teshin knyazliklari hududi Gabsburglar qoʻlida qolgan, 1920-y. esa, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan). Prussiyaning Sileziya viloyati 1919-y. 2 viloyat: Yuqori Sileziya [markazi — Oppeln (Opole)] va Quyi Sileziya [markazi — Breslavl (Vroslav)]ga boʻlingan. 1922-y. Yuqori Sileziyaning taxm. 1/3 qismi Millatlar Ligasi Kengashi tomonidan Polshaga berilgan. 1945-y. gi Potsdam konferensiyasi S. hududining katta kismini Polshaga kaytargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x