SIKHIZM

SIKHIZM — Hindistondagi monoteistik din; hinduiyliksat diniyislohotchilik harakatining gʻoyaviy shakllaridan biri. 16-a. boshlarida Panjobda paydo boʻlgan. Sikhizm asoschisi — Nanak (1469—1539). Ilk Sikhizm shaharda yashovchi savdogarhunarmandlar doiralari mafkurasini ifodalagan. Sikhizm barcha odamlarni xudo oldida teng hisoblaydi, tarkidunyochilik (asketizm), monaxlikni qoralaydi, maʼnaviy ustoz — guruga soʻzsiz tobelikni targʻib qiladi. 18-a. boshida zamindorlarga qarshi harakatning mafkurasi boʻlgan, biroq 18-a. 2-yarmiga kelib sof liniy oqimga aylandi. Hoz. vaqtda sikhlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi bois ularning ichida turli oqimlar va siyosiy partiyalar vujudga kelgan. Sikhizmning diniy markazi Amritsar sh. hisoblanadi.

Ad.: Gʻiyosov T. Gʻ., Hindistonning yangi tarixi. T., 1999; Semyonova N. I., Istoriya sikxskogo dvijeniya v Indii, M., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x