SIKEYROS

SIKEYROS (asli Alfaro Sikeyros, Alfaro Sicueros) Xoce David (1898.29.12, Chiuaua — 1974.6.1, Kuernavaka) — meksikalik rassom, Meksika monumental rang-tasvir maktabi asoschilaridan biri va uning yirik namoyandasi; jamoat arbobi. Mexiko BA (1911) va SantAnit (1913)da taʼlim olgan. Sikeyros siyosiy faoliyatini professional rassomlik bilan birga olib borgan. Prezident V. Karranso armiyasi ofitseri boʻlgan. D. Rivera, X. K. Orosko bilan Meksikada davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan «Inqilob rassom, haykaltarosh va graverlari sindikati»ni tashkil etgan (1922; 1922—25 y. lar bosh sekretari). 1932—34. va 1935—36 y. lar AQSHda ishlagan, NyuYorkda tajriba ustaxonasiga asos solgan (1936). Lotin Amerikasi mamlakatlari (Argentina, Chili, Kuba va b.)da monumental sanʼat taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Sikeyros asarlariga joʻshk,inlik, ekspressivlik, katta plastik kuch bagʻishlab, badiiy asarning ommaga aktiv taʼsirining yangi tamoyillarini ishlab chiqqan. S. Mexikodagi Milliy tayyorlov maktabi (1922—23), Nafis sanʼatlar saroyi (1945 va 1950— 51), Tarix milliy muzeyi (1959-y. dan) binolaridagi devoriy rasmlarni, un-t shaharchasi rektorat binosi tarzidagi mozaika va relyeflarni (1952—54) hamda dastgoh asarlari («Proletariat onasi», 1929 — 30; «J. Gershvin portreta», 1936 va b.), koʻplab litografiyalar, rasmlar yaratgan. Sikeyros 20-a. ning yirik sanʼatkori sifatida rassomlar (jumladan, Oʻ. Tansiqboyev, N. Karaxan, B. Jalolov, J. Umarbekov va b.)ga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x