SICHQONLAR

SICHQONLAR (Mus) — sichqonsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. Gavdasining uz. 12 sm gacha, dumi deyarli gavdasining uz. ga teng. Yer yuzida juda keng tarqalgan, 25 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda uy sichqoni koʻp uchraydi; uz. 7—11 sm, dumi 4—10 sm. Tanasining orqa tomonida yungi kulrang, mallarang yoki qum rangida; korni ochiqroq tusda. Sichqonlarning dastlabki areali Yevrosiyoning jan. va shim. hududlari; hoz. Yer yuzining barcha qismida uchraydi. Uy Si xonadonlar, bogʻ, poliz, dala va b. joylarda tarqal h gan, 30—40 sm chuqurlikda uya qazib yashaydi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlari, xususan, odam isteʼmol qiladigan mahsulotlar, q. x. oʻsimliklari donlari va b. bilan oziklanadi. Uy Si 2 oyda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 18—24 kun, 1 yilda 4—7-marta 5—8 tadan bolalaydi. 1,5—3 yil yashaydi. Sichqonlar odam va hayvonlarning bir qancha xavfli kasalliklari (oʻlat, tulyaremiya va b.)ni tarkatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x