ShYUTS

ShYUTS, Shyus Genrix (1585.14.10, Kyostris, Gera yaqinida — 1672.6.11, Drezden) — nemis kompozitori, organchi, pedagog; milliy kompozitorlik maktabi asoschisi. Kompozitsiyadan G. Otto (Kassel) va Venetsiyada J. Gabriyelidan saboq olgan. Kassel, Drezden, Kopengagen va boshqalar shaharlarda saroy kapellalari rahbari (1614—57). Ijodida milliy musiqa anʼanalari bilan italyan xor polifoniyasi hamda gomofoniya uslublari uygʻunlashgan. Ilk nemis operasi («Dafna», 1627) va balet («Orfey va Evridika», 1638) muallifi. Madrigal, motet, xor konserti, ariya, diniy kantata, oratoriya, passion va boshqalarning yorqin namunalarini yaratgan. BadKyostritsada Shyutsning memorial muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x