SHPAKLYOVKA

SHPAKLYOVKA (nem. «kurakcha» soʻzidan; kurakcha bilan tekislash) — boʻyashdan oldin sirtlarni tekislash maqsadida surkaladigan massa. Kukun holatidagi boʻr, talk, ohak, gips va boshqalarga alif moy, yelim, lok kabi moddalarni qoʻshib aralashtirish yoʻli bilan tayyorlanadi. Shpaklyovkaning lokli, moyli va yelimli xillari boʻladi. Shpaklyovkani sirtlarga kurakcha bilan surkash jarayoni shpaklyovkalash (tekislash) deb yuritiladi. Shpaklyovka surkalgan qatlam (odatda, 1 mm gacha) quriganidan keyingina jilvir qogʻoz bilan yaxshilab silliqlab, keyin boʻyaladi. Lokli Shpaklyovka, asosan, mashinasozlikda, moyli va yelimli Shpaklyovka qurilishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x