Shoshlik muhaddislar. Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy


Post Views:
52

Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy (vaf. 294/ 907) — muhaddis. Shoshda tug‘ilgan. Mashhur tarixchi Abu Sa’d Sam’oniyning ta’kidlashicha, Ja’far ibn Shuayb Shoshiy 287/900 yilda Nishopurga kelib, Abu Ahmad Muhammad ibn Yusuf Tamomiy, Abu Rabi’ Xolid ibn Yusuf Samtiy, Ya’qub ibn Humayd, Iso ibn Hammod va Abu Tohir Ahmad ibn Amr Sarjiylardan hadis ilmidan ta’lim olgan[1].

Ja’far ibn Shuayb Shoshiydan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ya’qub Hofiz, Abu Bakr Ahmad ibn Ali Roziy Hofiz[2], Salama ibn Shabib Naysoburiy, Abdullohibn Abdulhakim Misriy, Ibrohim ibn Nazir Samarqandiy[3] va boshqalar hadis rivoyat qilishgan. «Tarixi Bag‘dod» kitobida qayd etilishicha, Ja’far ibn Shuayb Shoshiy Bag‘dodga hoji bo‘lib kelgan. Bu yerda u hadislar rivoyat qilgan. Undan Ismoil ibn Ali Xutobiy, Abdullohibn Ibrohim ibn Mosiy, Abulhasan A’loiy ibn Ismoil Ishoq ibn Solim Shoshiy[4] hadis eshitishgan va rivoyat qilishgan[5].

Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Sulaymon Hofizning Buxoroda xabar berishicha, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy 294/907 yidda Shoshda vafot etgan[6].

Ne’matullo MUHAMEDOV

SHOSH VOHASI OLIMLARINING ILMIY-MA’NAVIY MEROSI

«Toshkent islom universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi,
Toshkent — 2007

[1] Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy. al-Ansob. 7-jild. -B. 246

[2] O‘sha manba. 7-jild. -B. 246

[3] Tarixi Bag‘dod. 7-jild. -B. 195

[4] O‘sha manba. 12-jild. -B. 243

[5] O‘sha manba. 7-jild. -B. 195

[6] O‘sha manba. 7-jild. -B. 195

https://shosh.uz/uz/shoshlik-muhaddislar-abu-muhammad-ja-far-ibn-shuayb-shoshiy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x