Sho‘rtepa


Post Views:
41

SHO‘RTEPA – arxeologik yodgorlik (7–8-asrlar, qisman 10–12-asrlar, 15-asr), arkli qishloq xarobasi. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida, Qorasuvdan Tovkat arig‘i ajralib chiqqan yerda joylashgan. Balandligi 7 m li ark va unga tutash qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N.P. Ostroumov qazilma ishlari olib borgan. 1949 yil I.Baishev va V.M.Masson qayd qilgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sho‘rtepada tekshirish ishlari o‘tkazib, Sho‘rtepa arkining qurilish-me’moriy tuzilishi va 7–8-asrlarga mansub moddiy madaniyat ashyolarini aniqlagan. Sho‘rtepa o‘ziga o‘xshash ko‘p qishloqlar qatorida Chochning ilk o‘rta asrlardagi poytaxtiga qarashli keng va gavjum viloyatga kirgan. 8-asr 1-yarmidan ancha vaqt xaroba holida yotgan. 10–12-asrlar va 15-asrda Sho‘rtepada hayot qisqa muddat tiklangan. General Chernyayev boshliq rus qo‘shinlari Toshkentning bosib olinishi (1865)da avval Sho‘rtepaga kelib o‘rnashgan. Sho‘rtepa yonida Toshkent mudofaachilari bilan bosqinchilar o‘rtasida 1865 yil 9 may kuni qattiq jang bo‘lgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/sho-rtepa/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x