SHOMIL

SHOMIL, Imom Shomil (1799, Dogʻistonning Gimra ovuli — 1871.4.2, Madina) — Dogiston va Checheniston togʻ xalqlarining chor Rossiyasi mustamlakachilari zulmiga qarshi muridiylik shiorlari ostida oʻtgan harakat (1834— 59) rahbari. 20-y. larda muridiylikni targʻib etgan Gʻozi Muhammadning safdoshlaridan biriga aylangan. U bilan, soʻngra Hamzatbek bilan birga togʻliklarning podsho qoʻshinlariga qarshi qurashiga rahbarlik qilgan. 1834 yil Hamzatbek oʻldirilgach, Shomil imom deb eʼlon qilingan va 25 yil mobaynida Kavkazdagi togʻ xalqlarining kurashini boshqargan (q. Kavkaz urushlari). Sh. oʻziga xos diniy davlatimomlik (imomat) barpo etgan, undagi dunyoviy va diniy hokimiyat Shomil qoʻlida boʻlgan. Shomil podsho qoʻshinlariga qarshi kurash olib borgan va 40-y. larda bir qancha yirik gʻalabalarga erishgan. 1859-yil 25 avg. da Shomil 400 muridi bilan Gunib ovulida qamalda qolgan va 26 avg. da taslim boʻlgan. Shomil oilasi bilan Kalugaga surgun qilingan. 1870-yil unga Makkaga, haj ziyoratiga borishga ruxsat berilgan. Makkaga ketayotganda (Madinada) vafot etgan, alBoqiya qabristonida dafn qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x