Shoirlar. Sobir Abdulla


Post Views:
217

SOBIR ABDULLA (1905.5.9–1972.24.10) – O‘zbekiston xalq shoiri (1965). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). Qo‘qonda tug‘ilgan. 1924 yildan Toshkentda. 1926–48 yillarda «Yangi Farg‘ona», «Yosh leninchi» gazetalarida adabiy xodim, «Mushtum»da bo‘lim mudiri, Andijon viloyat teatri, O‘zbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1937–71).

«Erk ilhomlari» (1931), «Navbahor» (1931), «Ko‘klam na’rasi», «Zavq» (1932), «Gulshan» (1939), «So‘z va soz» (1943), «Davr qo‘shiqlari» (1949), «Hayot gulshani» (1959), «Hayot qo‘shiqlari» (1962), «Devon» (1965) kabi she’riy to‘plamlari, «Gul va sanam» (1957), «Quralay ko‘z bir kelinchak» (1958), «Tun va tong» (1971) kabi dostonlari nashr etilgan. «Bog‘bon qiz» (1926, doston asosida), «Bo‘ston» (1937), «Tohir va Zuhra», hamkorlikda – «Qo‘chqor Turdiyev» (1941), «Davron ota» (1942), «O‘zbekiston qilichi» (1943), shuningdek, «Alpomish», «Gul va Navro‘z», «Iste’dod», «Mening jannatim», «Hijron va vijdon» singari pyesalar ham yozgan. Bu asarlarning aksari poytaxt va viloyat teatrlarida sahanalashtirilgan. Sobir Abdullaning adabiy merosida nasriy asarlar ham salmoqli o‘rinni egallaydi («Navbahor», 1931; «Ulfat», 1939; «Soyalar», 1963). «Mavlono Muqimiy» nomli tarixiy romani ham bor. Keyinchalik Sobir Abdulla tarixiy o‘tmish mavzuida yozilgan «Besh sarguzasht» qissasini (1971), Hamza, F.Fulom, A.Umariy, M.Uzoqov kabi adabiyot va san’at namoyandalariga bag‘ishlangan xotiralarini yozdi. Sobir Abdulla «Tohir va Zuhra», «Maysaraning ishi» operalari librettosining ham mualliflaridan biri. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan. Yunusobod tumanidagi ko‘chalardan biri uning nomi bilan ataladi. Toshkentdagi shoir yashab ijod etgan uyga yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/shoirlar-sobir-abdulla-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x