SHOHRUXBIY

SHOHRUXBIY, Shohrux, Shohruxxon (taxm. 1680/81 1721) Qoʻqon xonligi asoschisi va birinchi xoni (1709—21). A/sh/ glardan. Rivoyatlarga koʻra, Shohruxbiy Oltin Beshik avlodidan boʻlgan. Mulla Olimning «Tarixi Turkiston» asarida keltirilishicha, oʻzbeklar Chodak xoʻjalari hukmronligi asoratidan xalos boʻlishga ahd qilib Oltin Beshikning avlodi Shohruxxon Ashurbek oʻgʻlini Targʻovada xon qilib saylashga qaror qildilar.

Shohruxbiy oʻrda va qoʻrgʻon uchun qulay joy tanlashga farmon beradi. Yuborilgan odamlar «Koʻk toʻnliklar» yashaydigan ikki soy oraligʻida joylashgan hududni qulay joy, deb hisoblaydilar. Ular bu yerda ark quradilar va uning atrofida saroy va binolar qura boshlaydilar. Shundan keyin Shohruxbiyni taxtga oʻtkazadilar (1709).

Shohruxbiy davrida xonlik oʻz tasarrufiga Qoʻqon, Isfara va Margʻilon atroflarini qoʻshib olgan. Shohruxbiydan soʻng taxtga uning katta oʻgʻli Abdurahimbiy oʻtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x